“Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasi
O‘tayotgan yilning yakuni va yangi yilning boshlanishi o‘tgan yilgi ishlar sarhisobi bilan birga hayriya tadbirlarini ham boshlab beradi. Barcha yurtdoshlarimiz singari, temiryo‘lchilar ham boshlanayotgan yangi yilni o‘zgacha kayfiyatda qarshi olishmoqda.
Ayniqsa, bayram munosabati bilan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotida har doimgiday ish qizg‘in. Bayram arafasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining tashabbusi bilan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti qaramog‘idagi 385 nafar ko‘p yillar temir yo‘l transportida ishlab nafaqaga chiqqan yakka-yolg‘iz nafaqadagi temiryo‘lchilar va ehtiyojmandlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, ularning xolidan xabar olinmoqda. Bularning barchasi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasi bo‘lib hisoblanadi.
Toshkent shahar hududida istiqomat qiladigan 48 nafar ehtiyojmandlarning xonadoniga ham Temiryo‘lchi volontyorlar bilan tashrif buyurildi va oziq-ovqat to‘plamlari yetkazib berildi.
O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining “Mehr-shafqat” xizmati qaramog‘idagi ehtiyojmandlari bayram bahona ko‘rsatilgan eʼtibordan ko‘ngillari yana-da shod bo‘lganini izhor qilishib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.
Hududlardagi ehtiyojmandlarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ko‘magi bilan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining 11 ta Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganch, Xovos, Xo‘jayli, Qarshi, Qo‘ng‘irot, Qo‘qon bo‘linmalariga yetkazilgan oziq-ovqat to‘plamlari “Mehr-shafqat”da faoliyat yuritayotgan hamshiralari tomonidan qabul qilinib, belgilangan manzillarga yetkazib berilmoqda.
Bayram xayriya tadbirlari davom etmoqda.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI