“Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar”: Samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandum imzolandi
Joriy yilning 13 mart kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ bilan sog‘liqni saqlash sohasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Ushbu memorandum aholi va korxona xodimlarining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularga sifatli tibbiy xizmatlar ko'rsatishni nazarda tutadi.
Hujjat "temir yo'l ijtimoiy xizmatlar" muassasasi direktori M.Mamasidikov va“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari S.Shermatov rahbarligida imzolandi.
Xususan, tomonlar sog‘liqni saqlash sohasiga doir masalalar yuzasidan maʼlumotlar, tajriba va amaliyot almashish, ilg‘or tibbiy jihozlar, fan va tibbiy texnikaning eng yangi yutuqlari bilan o‘rtoqlashish, ehtiyojdan kelib chiqib u yoki bu tomonda mavjud tibbiy xizmat turlaridan o‘zaro foydalanishni, tibbiyot sohasida mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma tibbiy tadqiqotlarni o‘tkazish, aholi salomatligini mustahkamlash yuzasidan davolash sohasida hamkorlik qilish, ijtimoiy va tibbiy integratsiyani amalga oshirish, o‘zaro aholini tomonlar tarkibida faoliyat yuritayotgan (ishchi-xizmatchilar) sog‘lig‘ini asrashga qaratilgan saʼy-harakatlarini birlashtirish modelini birgalikda ishlab chiqish va o‘zaro sinovdan o‘tkazish kabi muhim vazifalar haqida kelishib oldilar.
Endilikda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ishchi-xodimlarini temiryo‘l tizimidagi davolash profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish, ularning farzandlarini temir yo‘l sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oldirish, uzoq hududlarda joylashgan korxona obyektlaridagi ishchi-xodimlar uchun “Salomatlik” poyezdi tibbiy xodimlari tomonidan tibbiy ko‘riklar o‘tkazishni tashkillashtirish imkoniyati bor.
Shuningdek, ishlab chiqarish vaqtidagi jarohatlanganlarga malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda mo‘ljallangan reanimobil mashinasidan foydalanib, ixtisoslashtirilgan davolash kurslarini o‘tkazish, Yo‘l bolalar kasalxonasi tibbiy xizmatidan foydalanish, korxona tizimidagi oziq-ovqat bilan bog‘liq obyektlarda oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyenik xavfsizligini taʼminlash maqsadida Markaziy SESning kompleks laboratoriyalarida jahon standartlari talabiga muvofiq sertifikat berilishida amaliy yordam ko‘rsatish hamda boshqa sanitariya-epidemiologiya sohasidagi potensial xavf-xatarlarni aniqlash, epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuаni birga amalga oshirish, zamonaviy va mukammal sanitar-osoyishtalik tizimini yaratish va yana boshqa bir qator tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.
“Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora tadbirlari to‘g‘risadagi” PQ-329-son qarori ijrosi doirasida Respublikamizdagi bir qator nufuzli tibbiyot markazlari, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI