“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Zufar G‘iyasovich Narzullayevning jamiyat xodimlariga MUROJAATI

Hech kimga sir emas, bugungi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalaridagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. 

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi.

Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan: "Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak" degan tamoyilga muvofiq barcha imkoniyatlar xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida huquqiy savodxonligini oshirish ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. 

Hurmatli hamkasblar!

Korrupsiyaning oldini olish uchun faqat huquqiy choralar bilangina kurashib bo‘lmaydi, buning uchun Jamiyatimizning barcha rahbar va ishchi-xodimlarining ongida korrupsiyaga qarshi toqatsizlik munosabatini shakllantirish, bu borada sog‘lom fikrlashni o‘rgatishimiz zarur.

Shu bilan birga, Jamiyatning barcha xodimlari o‘z faoliyatida:

- Jamiyat faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga duch kelsa, zudlik bilan bu haqida Jamiyat rahbariyatiga murojaat qilishlari;

- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va qonunosti hujjatlari hamda Jamiyatning ichki hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishlari;

- barcha yo‘nalishlarda raqamlashtirish ishlarini jadallashtirishlari lozim.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Sizdan, korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashishda faol ishtirok etishga chaqiraman.

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI