Yangilangan Konstitutsiyaning yilligi munosabati bilan audiokitob taqdimoti bo'lib o'tdi

2024 yil 10-may kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJda "Adolat" partiyasi yangilangan Konstitutsiyaning audiokitobini taqdim etdi. Ushbu tadbirning maqsadi konstitutsiyaviy me'yorlarning ma'nosini aholining barcha qatlamlari uchun qulay va oson tarzda tushuntirish, jamiyatimizning eng muhim me'yorlarini samarali o'zlashtirishga ko'maklashishdir.

Tadbirda Oʼzbekiston “Аdolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi oʼrinbosari, partiya Markaziy apparati masʼul xodimlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzolari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va xodimlari, OАV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʼrinbosari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aktsiyadorlik jamiyati Temiryoʼlchilar kasaba uyushmasi markaziy qoʼmitasiga qarashli “Sihatgoh” sanatoriysi bosh shifokori Taspolat Matibayev, shuningdek, O'zbekiston SDP "Adolat" siyosiy Kengashi raisining o'rinbosari, "Adolat" ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Islom Hamroyev ma'ruza qildi.

Ma’ruzalarda “Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati” audiokitobi aholining barcha qatlami uchun Konstitutsion normalar maznun-mohiyatini qulay va oson tarzda tushuntirish, ish, oʼqish va kundalik hayotda Bosh qomusimizning muhim normalarini samarali oʼrganishga qaratilgan.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida yoshlarning Konstitutsiyaning mohiyatini tushuntirish, yosh avlodning demokratik jamiyat qurishda faol ishtirok etishini ta'minlash masalalariga e'tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda barchaga audiokitob tarqatildi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI