OTOIIK: "O'zbekiston temir yo'llari" AJ davra suhbatida ishtirok etdi

2024-yil 21-may kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ delegatsiyasi Osiyo-tinch okeani mintaqasida temir yo'l transportining raqamli transformatsiyasini tezlashtirish bo'yicha davra suhbatida ishtirok etdi.

Davra suhbati doirasida temir yo'l transporti sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, raqamli asboblardan foydalangan holda xalqaro temir yo'l tashishni tashkil etish, Osiyo-tinch okeani mintaqasida temir yo'l transportining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transportini raqamlashtirish bo'yicha loyihalar taqdim etildi.

Tadbir davomida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ axborot tizimlarini Osiyo-tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Osiyo va tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (OTOIIK) — Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining beshta mintaqaviy komissiyalaridan biri, Tailandning Bangkok shahrida joylashgan bo'lib, 1947-yilda tashkil etilgan. 53 ta a'zo davlat va 9 ta assotsiativ a'zo bo'lib, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashiga (EKOSOS) hisobot beradi. Mintaqa mamlakatlaridan tashqari, uning a'zolari Fransiya, Gollandiya, Buyuk Britaniya va AQShdir. OTOIIKning asosiy vazifasi ekologik barqaror rivojlanish, savdo va inson huquqlari sohasidagi globallashuv jarayonini boshqarishdir.


Axborot-tahlil media markazi
"O' zbekiston temir yo 'llari"AJ


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI