Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens boshqarmasi xodimlari uchun ikki kunlik o'quv seminari bo'lib o'tdi

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens boshqarmasi xodimlari O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va «komplayens-nazorat» tizimini samarali joriy etish” mavzusida ikki kunlik o'quv seminarida ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2022 yildagi PQ-81 sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “yaxshi” deb baholangan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Maʼlumki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2023 yil yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi bo‘yicha 89 ball bilan 6-o‘rinda “yaxshi” deb baholangan tashkilotlar toifasiga kirishga erishdi. 

Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi o‘zining “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish doirasida amalga oshirilgan ishlar borasida taqdimoti bilan ishtirok etdi. 

Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida GIZ, BMT TD, “Mintaqaviy muloqot” hamda Latviya davlati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv choralar” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirning dastlabki kuni davlat idoralari hamda xususiy sektor faoliyatida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha xalqaro standartlar hamda ilg‘or amaliyotlar Janubiy Koreya, Malayziya, Germaniya, Sloveniya kabi davlatlarning tajribasi misolida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI