
"O'zbekiston temir yo'llari "AJ va" Rhenus Group " Andijonda logistika markazini tashkil etishni muhokama qildi
Joriy yilning 4 iyun kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati va Germaniyaning “Rhenus Group” vakillari bilan Andijon viloyatida “Axtachi” logistika markazi negizida yangi zamonaviy talablar asosida transport-logistika markazi tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu qo'shma loyiha ushbu sohada birinchi va fundamental deb hisoblanadi.
“Rhenus Group” vakillari yaqin kelajakda logistika markazi hududini kengaytirish maqsadida unga qo‘shni hududda joylashgan “Ipak yo‘li” maxsus iqtisodiy zona hududidan qo‘shimcha ravishda 20 ga yer maydonini foydalanishga olishni rejalashtirishganligini maʼlum qildilar.
Shuningdek, “Rhenus Group” vakillari Axtachi logistika markazi bilan bir vaqtda Toshkent va Samarqand viloyatlari hududida ham transport-logistika markazlari barpo etish rejalari mavjudligini taʼkidlab o‘tdilar.
Bundan tashqari, “Rhenus Group” vakillari Axtachi logistika markazini tashkil etish bo‘yicha va rivojlantirish bo‘yicha o‘z biznes modellari bilan tanishtirdilar hamda uni atroflicha o‘rganib chiqqan holda taklif va mulohazalarni bildirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga taqdim etdilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2023dagi PF-329-sonli qaroriga muvofiq, Andijon viloyatida “Rhenus Group” korxonasi bilan hamkorlikda logistika markazi barpo etish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunga qadar, “Rhenus Group” vakillari bilan xalqaro logistika markazini tashkil etish bo‘yicha hujjatlar va logistika markazi dizayni bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Logistika markazini tashkil etish bo‘yicha ustav fondlari ulushi bo‘yicha kelishuvlar esa yakunlovchi bosqichda.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI