Transport, tranzit va logistika: "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 21-Kaspiy xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Joriy yilning 4-6 iyun kunlari Logistika va marketing departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T.Nurillayev boshchiligida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ delegatsiyasi Baku shahrida bo‘lib o‘tgan  “Transport, tranzit va logistika” 21-Kaspiy xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.

Tashrif davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning logistika salohiyatini yana-da rivojlantirish, yirik logistika kompaniyalari, xalqaro dengiz portlari bilan  o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va logistika bilan bog‘liq masalalarni atroflicha o‘rganib chiqish maqsadida ko‘rgazmada ishtirok etayotgan yirik kompaniyalar bilan hamda Govsan xalqaro savdo porti va Baku xalqaro savdo porti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yirik transport-logistika korxonalar bilan sovutgichli konteynerlarda yuk tashish jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. “KDY LOGISTICS”  kompaniyasi bilan “Astraxan – Mersin”  va “Mersin – Astraxan” yo‘nalishida sovutgichli konteynerlarda yuklarni tashish jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, Govsan porti va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI