Zavod ishchi-xodimlarining birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi oshirildi

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatidaO‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti bilan hamkorlikda ishchi-xodimlari uchun favqulotda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmasini oshirish borasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati birinchi yordam murabbiysi Dilfuza Normatova temiryo‘lchilarga favqulotda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, jabrlanganlarga tez tibbiy yordam kelgunicha birinchi yordam ko‘rsatish, sun’iy nafas berish, yurak massaji, xushdan ketish, sinishlar, lat yeyish, chiqish va bo‘g‘inlarning cho‘zilishi kabi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

— Favqulotda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatishda eng avvalo hayajonlanmaslik va qo‘rqmaslik juda muhim hisoblanadi. — deydi O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti xodimi U.Fayazova. —Insonda qo‘rquv, hayajon kabi tuyg‘ular noto‘g‘ri harakat qilishimizga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda to‘g‘ri harakat va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi yordam juda katta ahamiyatga ega. Bir yoki ko‘plab insonlarning hayoti siz sabab saqlab qolinishi mumkin. Shu bois O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan har yili ishchi-xodimlar mazkur mavzudagi tadbirlar an’anaviy tashkil etiladi. Chunki foydalanilmagan ko‘nikma, vaqt o‘tgan sari unitiladi.

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida amaliy mashg‘ulot tarzida tashkil etilgan tadbirdavomida temiryo‘lchilar o‘z bilimlarini qayta mustahkamlash barobarida, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassisdan atroflicha javob olishdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI