"O'zbekiston temir yo'llari" AJda yong'in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan "Dolzarb 30 kun" profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Ma'lumki, 1-iyuldan 1-avgustga qadar mamlakatimizda “ Yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha Dolzarb 30 kun” tadbiri o‘tkazilmoqda. Barcha tasarrufidagi korxona va tashkilotlar faol ishtirok etayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida ham profilaktika tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur jarayonda temir yo‘l tizimidagi obyektlarda, tashkilot va aksiyadorlik jamiyatlarida, mintaqaviy temir yo‘l uzellarida, qo‘riqlanayotgan maskanlarda, harakatdagi poyezdlarda yong‘in xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli profilaktik chora-tadbirlar yana-da kuchaytirildi.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad barcha temir yo‘l obyektlarida, poyezdlarda yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha tashkiliy amaliy choralar ko‘rish, yong‘inga qarshi holatni komissiya tarkibida yana bir bor ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lida amaliy choralar ko‘rilib, u yoki bu obyektni yong‘inga qarshi holatini talab darajasiga keltirish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inni oldini olish belgilangan.

"Dolzarb 30 kun" tadbirlari davomida temir yo‘l obyektlarining ishchi-xodimlari sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish va ushbu vaziyatda to‘g‘ri harakat qilish, kasb mahorati va tayyorgarligini oshirish borasidagi ishlarga ham jalb etilmoqda.

Jumladan, 2024-yil 22-iyul kuni "Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali “Xovos" temir yo‘l stansiyasi hududidagi yong‘in yuzaga kelganda qay tartibda harakat qilish borasida bilim ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ko‘rgazmali amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali mashg‘ulotga “Xovos” temir yo‘l uchastkasidagi tuzilmalar – “Xovos” temir yo‘l stansiyasi va PCH-4, ECh-2, VChD-3, VP-Xovos tiklash poyezdi korxona va tashkilotlarining xodimlari hamda Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tasarrufidagi Xovos yong‘in o‘chirish avtotsisternasi va poyezdi jangovar shaxsiy tarkibi qatnashdi.

Tadbirda Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – yong‘in nazorati bosh noziri Shavaddin Sultanov hamda yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan obyekt va tashkilotlarning ishchi-xodimlariga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, shuningdek, nosoz qo‘lbola elektr uskunalaridan foydalanmaslik, yong‘in xavfsizligi qoida talablariga rioya qilish borasida keng ko‘lamli suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borildi. O‘tkazilgan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti davomida maskanning ishchi va xodimlariga Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tasarrufidagi moddiy-texnik bazadan foydalanilgan holda yong‘in o‘chirish poyezdi va avtotsisternasining texnik imkoniyatlari, undagi mavjud yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari hamda uskunalarining tasnifi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarda ulardan to‘g‘ri foydalanish xususida batafsil targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI