Temiryo’lchilar uchun zamonaviy ta’lim: Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash o’quv markazi
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ “Temiryo’linfratuzilma” AJ qoshida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlov markazi faoliyat yuritib kelmoqda. Unda shuningdek, mashinistlar va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha ham yo’nalishlar mavjud. Ushbu o’quv markazi temir yo’l transporti sohasida yetakchi ta’lim muassasasi hisoblanadi. Markaz temir yo’l sohasi xodimlari uchun ta’lim va malaka oshirish dasturlarini taklif etadi.
Markaz eng so’nggi rusumdagi yangi kompyuterlashtirilgan uskunalar, simulyatorlar va yuksak darajali ta’limni ta’minlovchi laboratoriya komplekslari bilan jihozlangan.
O’quv dasturlari lokomotivlarni boshqarishdan tortib, harakatlanuvchi tarkibni ishlatish tamoyillari va xavfsizlik qoidalariga qadar keng ko’lamli mavzularni o’z ichiga oladi. Xohlovchilar bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirish uchun chinakam temir yo’llarda amaliy mashg’ulotlarni bajarishlari mumkin.
Darslar turli xil yo’nalishlarda olib boriladi, masalan, lokomativ mashinisti, lokomativ mashinisti yordamchisi, vagonlarni ko’rikdan o’tkazuvchi-ta’mirlovchi, temir yo’l montyori, temir yo’l stansiyasi bo’yicha navbatchisi, kontakt tarmog’i elektromontyori, o’ziyurar vagonlar mashinisti va boshqa yo’nalishlardan iborat. O’quvchilar texnik fanlardan tashqari mehnatni muhofaza qilish, aloqa tarmoqlarini yaratish qoidalari, optik tolali kabellarni montaj qilish va payvandlash, shuningdek dasturlash va logistika fanlaridan ham o’qitiladi.
O’qituvchilarning asosiy qismi tajribali pedagoglar va aksiyadorlik jamiyatining turli xil yo’nalishdagi bosh mutaxassislari, shuningdek, Toshkent davlat transport universitetining professor o’qituvchilaridan tashkil topgan. Markazda har yili 250 taga yaqin mashinistlarni va mashinist yordamchilari qayta tayyorlash kursidan o’tib, 100 nafarga yaqin xodim malaka oshirmoqda.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar “NGMK” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Fergana neft” MChJ, “Muborak gaz”, “Urganch yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zmetkombinat” AJ, “Bekobod sement” AJ, “Qizilqum sement” aksiyadorlik jamiyati korxonalari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash ishlari olib borildi. sement», «OKMK» OAJ va boshqalar.
O’quv markazi tajriba almashish va yangi innovatsiyalarni joriy etish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Markaz bitiruvchilariga kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlashni tasdiqlovchi diplom va sertifikatlar beriladi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ kelgusida Markaziy Osiyodagi transport sanoatining yetakchilaridan bo’lishni maqsad qilgan bo’lib, sifatli ta’lim va kadrlar tayyorlashga ahamiyat berib kelmoqda. O’quv markazi ushbu strategiyaning muhim bo’g’ini hisoblanib, mamlakatimiz temir yo’l tarmog’ining kelajakdagi salohiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI