Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi
Joriy yilning 16-oktabr kuni yuk tashuvchilarga sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash, ular bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish hamda tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida "O‘zbekiston temir yo'llari" AJ, "Temiryo'linfratuzilma" AJ va "Qarshi MTU" tomonidan tadbirkorlar bilan joylarda uchrashuv tashkil qilindi.
Ushbu ochiq muloqotda "O‘zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari A.A.Kamildjanov, "Temiryo'linfratuzilma" AJ boshqaruv raisi S.A.Norqabilov va "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayevlar ishtirok etishdi.
Muloqot jarayonida asosan, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan temir yo‘l xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, bu borada raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, yuk tashish xizmatini ko‘rsatuvchi vagon operatorlarini erkin tanlash uchun qulayliklar yaratish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonining uzluksizligi, xavfsizligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash, sohasida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etildi.
Shuningdek, tadbirkorlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olishdi. Muloqotda bildirilgan takliflar esa qonun doirasida hal etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI