"O'zbekiston temir yo'llari" AJ "Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi" doirasida

Ma'lumki, Toshkentda 17-25 oktyabr kunlari investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va transport sohasida biznes uchun jozibador shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo'lib o'tmoqda. Mazkur tadbir doirasida “Transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va sohadagi xalqaro hamkorlik jarayonlarining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faol ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida transport sohasidagi yetakchi ekspertlar va mutaxassislar, jumladan, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari X.Raxmetov ham dolzarb mavzularni muhokama qilishda ishtirok etdi.

X.Raxmetov o'z nutqida jamiyatning joriy loyihalari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdi. Uning ta'kidlashicha, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ birinchi marta xorijiy mamlakat temir yo'lida o'z ulushiga ega bo'ladi. Shu bilan birga, u xalqaro hamkorlikning muhimligini ta'kidlab, Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'l liniyasini qurish kabi loyihalarni amalga oshirish tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Tadbir ishtirokchilari ushbu loyihaga bag'ishlangan video bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Haftalikning asosiy maqsadi O‘zbekiston transport-logistika tizimini rivojlantirish uchun xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Tadbir xalqaro sohadagi g‘oyalar va ilg‘or tajribalar almashish uchun maydon yaratadi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI