"QMZ" AJ: O'zbekistondan Qozog'istonga yarim ochiq vagonlarni eksport qilish

2024-yil 23-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati Qozog‘istonga yarim ochiq vagonlarning 20 donasini jo‘natdi. Ushbu vagonlarga Xalqaro namunadagi muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lib, ular bojxona Ittifoqining “TR TS 001/2011” texnik reglamentiga to‘liq mos kelishini anglatadi. Bu esa o‘z navbatida ushbu vagonlar orqali 1520 mm qalinlikdagi temir yo‘l izlariga ega bo‘lgan davlatlarda yuklarni tashish imkonini beradi.

Ushbu qadam O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi " O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-329-son qarorida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlar eksportini kengaytirish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirishni belgilab bergan strategiyasiga mos keladi. Bunday chora-tadbirlar mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan.

"Quyuv-mexanika zavodi" AJ yuk vagonlari va boshqa metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan mashhur. Zavod 1200 tagacha yangi vagon ishlab chiqarishga va yiliga 1500 donagacha ta'mirlashga qodir. Zavod mahsulotlari nafaqat mamlakat ichida, balki chet elda ham ancha talabgorlariga ega. So'nggi 9 oy ichida eksportning umumiy qiymati 2,4 million AQSh dollarini tashkil etdi, asosiy xaridorlar Qozog'iston, Litva, Shotlandiya va Birlashgan Arab Amirliklari edi. Zavod xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlarni emas, balki yuqori qo'shimcha qiymatga ega tayyor yuk vagonlarini eksport qilishi bilan ajralib turadi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI