O'zbekiston – Estoniya: Temir yo'l sohasida keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 2024-yil 4-noyabr kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJning "Estoniya temir yo'li" AJ bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda keyingi hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisi Z.Narzullayev va boshqaruv raisi – "Estoniya temir yo'li" AJ bosh direktori K.Simmerman rahbarligida bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar yuk tashish hajmini oshirish, vagonlar bilan taʼminlash, transport jarayonida maʼlumot almashinuvini yaxshilash, shuningdek, xalqaro transport yoʼlaklarini rivojlantirish boʼyicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Ushbu uchrashuv Oʼzbekiston va Estoniya oʼrtasidagi transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam boʼldi. Tomonlar oʼzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va birgalikdagi tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, Estoniya temir yoʼllari rahbari Kaydo Simmerman "Oʼzbekiston temir yoʼllari" АJning tashkil etilganiga 30 yil toʼlishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullaevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI