“Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ va “NORINCO International Cooperation Ltd.” oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi
Bugun, 2024 yil 4-noyabr kuni “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ boshqaruv raisi Z.Narzullaev va “NORINCO International Cooperation Ltd.” prezidenti Shan Szyun oʼrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tomonlar oʼzaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, temir yoʼl relslarini yetkazib berish boʼyicha qoʼshma saʼy-harakatlar haqida fikr almashdilar.
Muzokaralar davomida “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ va “NORINCO International Cooperation Ltd.” kompaniyalari rahbarlari kelgusidagi istiqbolli loyihalar doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini koʼrib chiqishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
Shuningdek, "NORINCO International Cooperation Ltd." rahbari Shan Szyun "Oʼzbekiston temir yoʼllari" АJning tashkil etilganiga 30 yil toʼlishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullaevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI