Toshkentda temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashning 81-yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda

2024-yilning 5-6-noyabr kunlari Toshkent shahrida  Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar temir yo’l transporti bo’yicha kengashning 81-yig’ilishi o’tkazilmoqda. Unda O’zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Gruziya, Eron, Latviya, Estoniya temir yo’l ma’muriyatlari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev tantanali nutqi bilan ochib berdi. U O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan temir yo’l transportini qo’llab-quvvatlash ahamiyati, shu bilan birga sohani rivojlantirish, ko’rsatilayotgan xizmatlarni diversifikatsiya qilish bo’yicha muhim qarorlar qabul qilinayotganini ta’kidlab o’tdi. Zufar Narzullayev, shuningdek, Jamiyatning so’nggi yillarda erishgan yutuqlari haqida aytib o’tib, kelgusidagi strategik loyihalarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Kengash doirasida 2024-2025-yillarga mo’ljallangan xalqaro tashishlarda yuk poyezdlari va konteynerli vagonlarni shakllantirish rejasini ishlab chiqish natijalarini taqdim etdi. 

Bundan tashqari, yig’ilishda temiryo’lchilar jamiyati a’zolari va ularning hamkorlari orasidagi o’zaro munosabatlarga aloqador boshqa muhim savollar ham muhokama qilindi.

Yig'ilishning asosiy dasturidan tashqari ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil qilindi.

Yig’ilish davom etmoqda va mintaqa transport sektorida yanada mustahkamlovchi muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI