O‘zbekiston va Turkmaniston temir yo‘l maʼmuriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston temir yo‘l maʼmuriyatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va Turkmaniston temir yo‘llari agentligi raisi Atamuradov Azat Silapovich o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar temir yo‘l sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida tomonlar yuk tashish hajmini oshirish, temir yo‘l tashishlar uchun tariflarni uzaytirish (prolongatsiya qilish), shuningdek, yuk va yo‘lovchi vagonlar parkini modernizatsiya qilish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, tranzit tashish hajmini oshirish maqsadida raqobatbardosh tariflarni joriy etish va vagonlardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Bu masalalar mintaqaviy savdo va transport aloqalarini yana-da rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, Turkmaniston temir yo‘llari agentligi raisi Atamuradov Azat Silapovich"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullayevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI