Temiryo'lchilar kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi Kengashining 68-yig'ilishi bo'lib o'tdi
2024-yil 5-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasida Toshkent shahridagi O’zbekiston kasaba uyushmalari saroyida O’zbekiston temir yo’lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi – Qutlimurоd Sobirovning taklifiga binoan Xalqaro temir yo’lchilar kasaba uyushmalari konfederatsiyasi Kengashining oltmish sakkizinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi delegatsiyalari, uyushma a’zolari, rahbarlari ishtirok etishdi, shuningdek, XTKU Bosh kotibi hamda Rossiya temir yo’lchilar va transport quruvchilar kasaba uyushmasi raisi Sergey Chernogayev qatnashdi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining o’rinbosari Qobuljon Qirg’izaliyevlar ham ishtirok etishdi.
Ushbu yig’ilishga Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, XTKU Bosh kotibi Sergey Chernogayev boshchilik qildi. Kun tartibida 8 ta masala ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Konfederatsiya temir yo’l ishchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmalari a’zolarining kasbiy, ijtimoiy va mehnat huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha harakatlarni birlashtirish va muvofiqlashtirish, kasaba uyushmalari faoliyatining huquqlari va kafolatlarini himoya qilishga ko’maklashish, a’zo tashkilotlarning davlatlararo va hukumatlararo darajadagi birdamlik pozitsiyasini taqdim etish, xalqaro kasaba uyushma birdamligini mustahkamlash kabi maqsadlarni o’zi ichiga oladi. Ta’kidlab o’tish kerakki, XTKU Kengashining ushbu yig’ilishi doirasida bozor iqtisodiyotining qiyin sharoitida amalga oshirilayotgan sanoat ishchilarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to’g’risidagi barcha masalalar bo’yicha chinakam do’stlik, mustahkam strategik sheriklik munosabatlari, konstruktiv muloqotlar o’rnatildi.
Yig’ilish yakunida “O’zbekiston temir yo’llari” AJning ishlab chiqish obyektlaridan bo’lgan “Quyuv-mexanika zavodi” AJga ekskursiya tashkil qilindi, shuningdek, mehmonlar O’zbekiston kasaba uyushmalari muzeyi va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI