O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l ma’muriyatlari hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazdilar
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va "Qazaqstan temіr joli" milliy korxonasi AJ boshqaruv raisi Sauranbayev Nurlan Yermekovich o‘rtasida muzokaralar davomida Qozog‘iston tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan temir yo‘l sohasidagi islohotlarga yuqori baho berdi va ularning samaradorligini ta’kidladi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida raqamlashtirish va transformatsiya jarayonlari bo‘yicha ham fikr almashildi. Bu borada, raqamli texnologiyalarni joriy qilish va temir yo‘l sohasini yanada samarali qilishga qaratilgan hamkorlikdagi harakatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilish maqsadida raqobatbardosh tariflar joriy etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar. Tranzit yuk tashish hajmlarini ko‘paytirish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdildi.
Shuningdek, "Qazaqstan temіr joli" milliy korxonasi AJ boshqaruv raisi Sauranbayev Nurlan Yermekovich "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullayevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI