“TransLogistica Uzbekistan 2024”: “O’zbekiston temir yo’llari" AJning faol ishtiroki
Joriy yilning 5-7-noyabr kunlarida Toshkentda “TransLogistica Uzbekistan 2024” transport va logistika 20-xalqaro ko’rgazmasi tashkil qilindi va “Keng qamrovli xavfsizlik - Securex Uzbekistan 2024”ning 15 yilligi bo’lib o’tdi. Unda “O’zbekiston temir yo’llari” AJning “Logistika va marketing” departamenti rahbarlari ishtirok etdi.
Ushbu tashkillashtirilgan ko‘rgazmalar logistika tizimlari, transport infratuzilmasi, IT texnologiyalari, transport va logistika sohalari mutaxassislarining eng yirik xalqaro ko‘rgazmalari, shuningdek, xavfsizlik va yong‘indan himoya qilish sektori salohiyati, texnik vositalar va xavfsizlik yechimlarini taqdim qilishini alohida qayd etish lozim.
Ko’rgazma doirasida “Logistika va marketing” departamenti boshlig’i T. Nurillayevning chet el kompaniyalari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari o’tkazildi. Xususan, Germaniyaning “DACHSER” ekspeditorlik kompaniyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida yuk tashishning yangi hajmlari va mavjud imkoniyatlar, shuningdek, xalqaro yuk tashishni rivojlantirishning asosiy muammolari va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, T. Nurillayev “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti” Xalqaro aloqalar va hamkorlik direksiyasining Yevroosiyo bo‘limi vakili Uilyam Tompson bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Markaziy Osiyoda Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishining raqobatbardoshligini oshirish” masalalari ko'rib chiqildi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI