Toshkentda “Jibek joli” temir yo‘l sayyohlik poyezdi yo‘lovchilari tantanali kutib olindi

Bugun, 2024-yil 18-noyabr kuni “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalida Olmaotadan kelgan va “Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha “Jibek Joly” nomli birinchi temir yo‘l sayyohlik poyezdining tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyiha mintaqada turizmni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Qozog‘iston temir yo‘llari” milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etildi.

Birinchi qatnov 115 nafar sayyohni jalb qildi va ular 2024 yil 16-20 noyabr kunlari besh kunlik sayohatga chiqishdi. Sayyohlik poyezdi yo‘nalishi Qozog‘istonning tarixiy shahri Turkistonda bir kunlik to‘xtash va Toshkentda ikki kunlik qoladi. Bu vaqt davomida sayyohlar shaharning diqqatga sazovor joylari va boshqa qiziqarli joylarga tashrif buyurishlari uchun yetarlicha vaqt bo‘ladi. Barcha ekskursiyalar sayohatchilarning qulayligi uchun professional gidlar tomonidan amalga oshiriladi.

Yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish uchun esa turistik avtobuslar ham mavjud. Yo‘lovchi vagonlar Qozog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan beshta yangi vagon hamda “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan restoran-vagondan iborat. Turistik poyezdning poyezd brigadasi tarkibiga poyezd boshlig‘i, sakkizta vagon kuzatuvchi va elektr-mexanik kiradi.

Ushbu sayyohlik poyezdiga chiptalarni sayyohlik agentliklari orqali xarid qilish mumkin.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI