“Korrupsiya taraqqiyot zavoli” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

2024 yil 29 noyabr kuni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2023 yil 29 avgustdagi 9 dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga muvofiq “Korrupsiya taraqqiyot zavoli” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport Prokurori yordamchisi-Adliya kichik maslahatchisi A.Majidov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi U.Nurmetov, Transportda xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimi mayyor M.Muxtorov, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Yuldashev, "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ Bosh direktori Sh.A.Yusupov, shuningdek, jamiyatning rahbar va ishchi-xodimlari va bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar tomonidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatida 2024 yilning 11 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uning zararli oqibatlari bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdilar.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI