Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Joriy yilning 6 dekabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi rahbarlari va sohaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Markaziy apparatda faoliyat olib borayotgan temiryo‘lchilar qatnashdi. 

Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab, Bosh Qomusimizning ahamiyati, yurtimizda hamda tizimda olib borilayotgan tub islohtlar, yangiliklar va yutuqlar haqida gapirdi. 

Shundan so‘ng, yig‘ilganlarga bayram konsert dasturi havola qilindi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI