2024-yil davomida "O'zbekiston Temir Yo'llari" AJda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyatiga oid amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faol joriy etmoqda. 2024-yil boshida Jamiyat oldida maqsad va vazifalar qo'yildi.

Xulosa qilib aytganda, quyidagilarni aytish mumkin:

Belgilangan vazifa:

1. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish va mazkur sohadagi qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida 2024-yilga mo‘ljallangan "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiati boshqaruvi  raisining 2024 yil 15 yanvardagi tegishli buyrug'iga asosan Jamiyatda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo'yicha 2024-yilga mo‘ljallangan "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilgan hamda va tasdiqlangan.


Belgilangan vazifa:

2. Tashkilot faoliyatiga oid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ichki monopoliyaga qarshi komplaens bo‘linmasi (mas'ul xodimi) bilan majburiy tartibda kelishish tartibi joriy etilganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:
Tegishli ishlar olib borilmoqda.

Belgilangan vazifa:

3. Raqobat cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste'molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa vositalari tashkil etilganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:
Raqobat cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste'molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari:  1) Call-markaz Ishonch telefoni - 71 237-99-98. 2)Elektron manzil: -  admin@railway.uz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Belgilangan vazifa:

4. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari oldi olinganligi.

Amalga oshirilgan ishlar:
"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiati boshqaruvi  raisining 2024 yil 15 yanvardagi tegishli buyrug'iga asosan Jamiyatda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish bo'yicha 2024-yilga mo‘ljallangan "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilgan hamda va tasdiqlangan. Bundan tashqari monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida  tizim tashkilotlarida vakolatli shaxslar tasdiqlangan hamda tegishli ishlar olib borilgan.

Belgilangan vazifa:

5. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari aniqlanganligi va ularni tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatida 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “Evro-Vostok Stroy Proekt” MChJning 2024-yil 20-avgustdagi 6699-QRYu/23-3-1sh-sonli murojaati kelib tushgan murojaatga asosan 2024-yil 20-avgustda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga kelib tushgan 2396/02-17 sonli xati o'ganib chiqilib o'z vaqtida bartaraf etilgan.

Belgilangan vazifa:

6. Tashkilot faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mumkin bo‘lgan sohalarni xavflar tasnifi asosida darajalarga bo‘linganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:
Tegishli ishlar olib borilmoqda.

Belgilangan vazifa:

7. Tashkilot faoliyatiga oid ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarning loyihalari o‘rganilganligi, bunda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan normalar (holatlar) aniqlangan taqdirda, uni mazkur qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:

"O'zbekistob temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga oid ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarning loyihalari o‘rganilganligi, bunda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan normalar (holatlar) aniqlangan taqdirda, ularni mazkur qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan yurudik deportament tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Belgilangan vazifa:

8. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari o‘zgarishlaridan kelib chiqib, amaldagi ichki idoraviy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar va ularning amaliyotga tatbiq etilganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi ”O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidag”gi PQ-329-sonli Qarorining ijrosini tadbiq qilish to‘g‘risida”gi 836-N-sonli buyrug‘i xamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari, muassasalari va tashkilotlarining xaridlar tizimini tartibga solish va qo‘shimcha daromadlarni ko‘paytirish to‘g‘risida”gi 845-N-sonli buyrug‘i qabul qilingan

Belgilangan vazifa:

9. Tashkilot xodimlarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:
"O'zbekiston Temir Yo'llari" AJda Joriy yilning 14 dekabr kuni “O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida” gi Qonuni va monopoliyaga qarshi komplayens tizimi haqida tushuntirish ishlari o‘tkazildi, bundan tashqari  "O'zbekiston Temir Yo'llari" AJ "Infratuzulma" AJ Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli filialida tegishli xodimlarga Monopoliyaga qarshi qonunchilik va unga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar to'g'risida yig'ilishlar  o'tkizildi hamda bayyonnomalar rasmiylashtirildi.

Belgilangan vazifa:

10. Tashkilot xodimlarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablaridan qay darajada xabardorligini aniqlash maqsadida muntazam ravishda test sinovlari o‘tkazilganligi. 

Amalga oshirilgan ishlar:
"O'zbekiston Temir Yo'llari" Ajda xodimlarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bilim darajasini aniqlash maqsadida joriy yilning 20-dekabr kuni 25 nafar masul xodimlar urtasida test sinovlari o‘tkazildi.

Belgilangan vazifa:

11. Tashkilot rahbari, ularning o‘rinbosarlari va mas'ul xodimlari tomonidan monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar.

Amalga oshirilgan ishlar:
Joriy yilning 4-aprel sanasida "O'zbekiston Temir Yo'llari" Aj boshqaruvi Raisi jamiyat xodimlariga murojati e'lon qilindi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI