Yuk tashuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2025 yil 15 yanvardan mahalliy qatnovda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda yuk tashishda tashish tariflarini hisoblashda 10-01 Preyskuranti tarif stavkalarining infratuzilma va lokomotivlarni taqdim etish xizmatlari tariflariga quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llanilishi belgilanganligini maʼlum qiladi:
– mahalliy yo‘nalishlarda quyidagi liniyalar ishtirokisiz – 0,774;
– “Toshg‘uzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on” liniyasi ishtirokida – 0,814;
– “Angren – Pop” liniyasi ishtirokida – 0,921;
– ikkita liniya, yaʼni “Toshg‘uzar – Boysun– Qumqo‘rg‘on” va “Angren – Pop” ishtirokidagi yuk tashuvlarida – 0,921 (yagona koeffitsiyent).
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI