"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "Qozog‘iston temir yo‘llari" MK" AJ o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "Qozog‘iston temir yo‘llari" MK" AJ o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

2025 yilning 6 fevral kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.Kamildjanov va “KTJ – Yuk tashish” MCHJ boshqaruvi raisi V.Petrov o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi mamlakatlar o‘rtasida temir yo‘l transportini rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

Muhokamaning asosiy jihatlari yuk tashish hajmini oshirish, davlatlararo chegara bekatlarda poyezdlarni qabul qilish va o‘tkazish jarayonini tezlashtirish hamda, konvensiya cheklovlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashishni yana-da rivojlantirish maqsadida yuzaga kelgan barcha masalalarni hal etishda faol hamkorlik qilish niyatini bildirdi.

Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydigan va temir yo‘l transporti sohasida yana-da hamkorlik qilish uchun asos yaratadigan Bayonnoma imzolandi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI