
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ va “China Energy International Group Samarkand Cement” kompaniyalari o’rtasida muzokarlar o’tkazildi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ va “China Energy International Group Samarkand Cement” kompaniyasi o’rtasida temir yo’l tashuvlarini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Muzokaralarda har ikkala kompaniyaning asosiy mutaxassislari jumladan, logistika bo’yicha ekspertlar ishtirok etdi.
Suhbatning asosiy mavzusi temir yo’l orqali sement tashishning hozirgi holati va istiqbollari bo’ldi. Ishtirokchilar 2024-yildagi ish natijalarini ko’rib chiqdilar va 2025-yilga mo’ljallangan strategik maqsadlarni belgilab oldilar.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda "China Energy International Group Samarkand Cement" o‘z mahsulotlarini ichki bozorga va eksportga yetkazib berish uchun 734 ta yopiq vagon, 30 ta xopper va 1227 ta oddiy vagonlardan foydalangan. 2025-yilda eksportni 3500 ta yopiq vagongacha (250 ming tonna) oshirish, shuningdek, ichki bozorga 2000 ta yopiq vagon yetkazib berish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, kompaniya 900 ming tonnaga yaqin sement mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni maqsad qilgan.
Uchrashuv davomida temir yo’l transporti sohasidagi dolzarb muammolarga to’xtalib o’tildi va ularni hal qilish yo’llari taklif etildi. Afg’oniston bozorida raqobatbardoshlikni saqlab qolish va o’zbek sementining mavqeini mustahkamlash uchun barqaror logistika zanjirlarini yaratish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar mahalliy mahsulotlarni bozorlarga barqaror va raqobatbardosh yetkazib berishni ta’minlash uchun hamkorlikni mustahkamlash niyatini bildirishdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI