O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

"Temiryo‘linfratuzilma" AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i F.Giyazov va "Roxi oxani Tochikiston" DUK Tashishlarni tashkil etish xizmati boshlig‘i Rajabmurod Odinayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi yuk tashishlar hajmini oshirish, chegara stansiyalarida vagonlarni topshirish va qabul qilishda ishlarni jadallashtirish, yuk tashish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 

Uchrashuv yakunida, ikki hamkor tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha Kelishuvlarga erishildi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI