
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "O‘zmetkombinat" AJ o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "O‘zmetkombinat" AJ o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun 2025-yil 4-mart kuni "Quyuv-mexanika zavodi" AJ hududida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "O‘zmetkombinat" AJ rahbariyatlarining uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuv doirasida ikki aksiyadorlik jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va kooperatsiyani yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarning vakillaridan: "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov, bosh muhandis Sh.Qodirov, shuningdek, "O‘zmetkombinat" AJ bosh direktori D.Ahmedovlar qatnashishdi.
Muhokamaning asosiy mavzularidan biri samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi, bu zamonaviy bozor sharoitida ikkala kompaniya uchun ham zarur qadamdir. "O‘zmetkombinat" AJ rahbariyati "Quyuv-mexanika zavodi" aksiyadorlik jamiyati va uning sho‘ba korxonasi "Andijon mexanika zavodi" AJ tomonidan taqdim etilgan mahalliylashtirilgan mahsulotlarga faol qiziqish bildirdi.
Muzokaralarning eng asosiy yutug‘i tomonlarning o‘zaro import o‘rnini bosish bo‘yicha kelishuvi bo‘ldi: ilgari "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati xorijdan sotib olgan ba’zi mahsulotlar endi “Quyuv-mexanika zavodi” ishlab chiqariladi, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" holdingi, uning tasarrufidagi korxonalari, xususan, yo‘l xo‘jaligi uchun import qilinadigan mahsulotlarning bir qismi "O‘zmetkombinat"dan sotib olinadi.
Samarali uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu qadam mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qo'shib, ikkala kompaniya uchun ham yangi imkoniyatlar va foyda keltiradi.
Yaqin orada Jamiyatlar o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI