8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

“Temiryo‘lekspress” aksiyadorlik jamiyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan ayollar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali jamiyatda, oilada ayollarning o‘z o‘rinlarini topish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan ushbu musobaqada jami 30 nafardan ortiq ayollar ishtirok etishdi. Unda vagon kuzatuvchisi hamda farrosh ayollar sportning shashka, darts, basketbol to‘pini to‘rga uloqtirish orqali o‘z shiddat va mahoratlarini, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon qildilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, shashka bo‘yicha 1-o‘rinni sh.Abdullayeva, 2-o‘rinni sh.Nurmatova va 3-o‘rinni R.Fayziyeva egalladi. darts yo‘nalishida 1 o‘rin M.Almamatova, 2-o‘rin M.Ataxanova hamda 3-o‘rin D.Mirismanova g‘olib deb topildi. Basketbol to‘pini to‘rga uloqtirishda 1-o‘rin S.Yuldasheva, 2-o‘rin D.Norxo‘jayeva, 3-o‘ringa B.Aminova loyiq deb topildi.

Musobaqa g‘oliblari “Temiryo‘lekspress” aksiyadorlik jamiyati Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI