Temiryo'lchilar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramini katta tantana bilan nishonlamoqda

7-mart kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram aziz va munis temiryo‘lchi opa-singillarimiz uchun bayram konserti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi Sharofiddin Qodirov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Narzullayevning temiryo‘lchi xotin-qizlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. 

Ta’kidlash lozimki, bu yilgi ayollar bayramiga Jamiyat rahbariyati tomonidan katta tayyorgarlik ko‘rildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Narzullayevning 2025-yil 27-fevraldagi “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan mamlakatimiz temir yo‘l transporti tizimining barcha hududlaridagi mintaqaviy temir yo‘l uzellarida, korxona va tashkilotlarda, tibbiyot muassasalarida ushbu bayram munosib o‘tkazilmoqda. 

Xususan, joylarda bayram munosabati bilan reja asosida madaniy tadbirlar tashkil etilib, muassasalar, korxona va tashkilotlar hamda aksiyadorlik jamiyatlarida faol bo‘lgan xotin-qizlar, faxriy ayollarni bayram munosabati bilan taqdirlash tadbirlari keng ko‘lamda boshlab yuborildi. Z.Narzullayevni “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bir martalik mukofotlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan sohada mehnat qilayotgan 11 ming 837 nafar xotin-qizlar 700 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

Shuningdek, temir yo‘l tizimida ishlab pensiyaga ketgan ayollar bayram tadbirlariga taklif qilinmoqda. Temir yo‘l transporti sohasidagi eng ilg‘or, obro‘li, ibratli va fidoyi, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zlari ish faoliyati yuritayotgan korxona va muassasa nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan tashabbuskor temiryo‘lchi xotin-qizlar munosib taqdirlanmoqda. 

Bayram munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan jami 103 nafar ehtiyojmand ayollarni hamda yurish imkoniyati cheklangan yolg‘iz va nogiron, keksa ayollar holidan xabar olib, bayram to‘plami, sovg‘alari yetkazib berildi. Shuningdek, korxonalarda “Kasbidan izzat topganlar”, “Temir yo‘l fidoyisi”, “Temir yo‘lda baxt topganlar”, “Mehrim sizga ustozlar” mavzularida har sohadagi faxriy, fidoiy ayollar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Tantanali bayram konserti “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi “Serpantinki” bolalar raqs ansambli ijrosidagi raqs bilan boshlandi. Undan so‘ng birin-ketin xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar – Ulug‘bek Otajonov, Ziyoda, Hulkar Abdullayeva, Muhammadziyo, Gʻaybulla Tursunov, “Tarannum” ansambli xonandalaridan Nargiza Raxmonova, Feruz Narkuchkarov, Bobur Bebitovlarni diltortar kuy qo‘shiqlarini bilan bayramga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlashdi. Dastur davomida qo‘shiqlarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Tarannum” cholg‘u ansambli va “Parizod” raqs ansambllari tomonidan raqslar ijro qilindi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI