
Jalol-Obodda “Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston” yangi temir yo'l qurilishining asosiy obyektlarini qurishni boshlash marosimi bo'lib o'tdi
Jalol-Obodda “Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston” yangi temir yo'l qurilishining asosiy obyektlarini qurishni boshlash marosimi bo'lib o'tdi
2025-yilning 29-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasining Jalol-Obod viloyatida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining asosiy obyektlari qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi temir yo'l ishchilari o'rtasidagi samarali hamkorlik tufayli tomonlar asosiy obyektlarda ishlarni muddatidan oldin boshlash natijasiga erishdilar, bu esa loyihaning faol qurilish bosqichiga o'tish faktini ko'rsatadi.
Uch tomon ishtirokidagi tantanali marosimda Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari – Qirg'iziston Respublikasi suv resurslari, qishloq xo'jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Bakit Torobayev Qirg'iziston Respublikasi Prezidentining topshirig'i bilan qurilish ishlarga start berildi.
Oʻzbekiston tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Xikmatulla Raxmetov, Oʻzbekiston Respublikasining Oʻsh shahridagi Bosh konsuli, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Xalqaro raqamli transport yoʻlaklarini rivojlantirish strategiyasi loyihasi idorasi, Qurilish konsorsiumi va Oʻzbekiston temir yoʻl kompaniyasining boshqa vakillari ishtirok etdi.
Xikmatulla Raxmetov “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi Yevroosiyo mintaqalari savdo-iqtisodiy, sanoat sohasi, turizm, sarmoya, innovatsiya va transport tarmog‘idagi salohiyatni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
– 2024-yil 27-dekabrda “Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston”, “O'zbekiston temir yo'llari” temir yo'l magistrallari qurilishini boshlash tantanali marosimida e'lon qilingan davlat rahbarlarining topshiriqlarini bajarish maqsadida Qirg'iziston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi temir yo'lchilari bilan birgalikda temir yo'l qurilishining barcha bosqichlarida yelkama-yelka faol ishtirok etishga, barcha mavjud texnik va intellektual resurslardan to'liq foydalangan holda, – deydi Xikmatulla Raxmetov.
Temir yo'l liniyasining istiqbollari “Geosiyosiy turbulentlik sharoitida o'rta yo'lak tashabbusi doirasida xalqaro transport yo'laklarining muqobil loyihalarini shakllantirish” (https://t.me/logistan/8514) xalqaro konferensiyasida ham muhokama qilindi.
Tantanali ochilish marosimidan so‘ng temiryo‘lchilar uzunligi 10 km dan ortiq uchta tunnel qurishni boshladilar, jumladan:
- 1-sonli tunnel – Norin (Jaman-Davan) uzunligi 12,5 km;
- 2-sonli tunnel – Qo‘shto‘ba (Kazarman), uzunligi – 13,2 km;
- 3-sonli tunnel – Farg‘ona (Suzoq tumani) uzunligi – 12,2 km.
“Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston” temir yo'l loyihasining umumiy uzunligi 532,53 km, shundan “Qashgar – Torugart” Xitoy hududida 158,04 km va Qirg'iziston hududida 304,94 km, shu jumladan 167,54 km izi kengligi 1435 mm va 138,77 km izi kengligi 1520 mm. Qurilishi rejalashtirilgan 20 ta temir yo'l stansiyasi (ikkita istiqbolli), shu jumladan 2 ta chegara stansiyasi, 1 ta yuk tashish stansiyasi, 4 ta oraliq stansiya va 13 ta razyezd.
Umumiy uzunligi ~16 km boʻlgan 48 ta koʻprik, umumiy uzunligi ~103 km boʻlgan 27 ta tunnel, koʻpriklar va tunnellarning umumiy uzunligi ~120 km, koʻprik va tunnellarning umumiy uzunlikka nisbati 39,3% ni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz:
- 2023-yilning 18-may kuni XXRning Sian shahrida XXR taraqqiyot va islohotlar milliy komissiyasi, (https://old.mintrans.uz/ru/news/xitoyqirgizistonozbekiston-temir-yoli-qurilishi-loyihasi-boyicha-uch...) Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini qabul qilish to‘g‘risida uch tomonlama hujjat imzolandi;
- 2024-yil 6-iyul kuni Pekinda uch davlat hukumatlari o‘rtasida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish, (https://youtu.be/jL8to6ChHNw?si=IHBYfAOTk3lm2D1k) moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash, temir yo‘l qurilishi va boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi;
– 2024-yil 27-dekabr kuni Jalоl-Obod viloyatining Tosh-Kutchu qishlog‘ida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” (https://youtu.be/OLCCy4MHbno?si=UJ3-6MCe2zGK_fuq) temir yo‘li qurilishining ilk toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI