Korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi

Korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tizim tashkilotlarida korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ishchi-xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek Jamiyat boshqaruv raisining 2025 yil 19 martdagi 122-N sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘quv kursini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 21-30 aprel kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘quv kursi tashkil etildi.

Ijtimoiy fanlar doktori T.B.Matibayev “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab bergan ustuvor vazifalari to‘g‘risida, qolaversa, ushbu illatga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov bo‘layotgan omillarni bartaraf etish ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan sohaga oid ichki idoraviy xujjatlar, O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81 sonli qaroriga muvofiq Jamiyat va uning tizim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. 

O‘quv kursi davomida jamiyat xodimlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, ularni kelib chiqishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, “korrupsiyadan holi” muhitni shakllantirish va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berilib, xodimlarni o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni oldilar.

Tashkil etilgan o‘quv kursi Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilayotgan uzluksiz jarayonlardan biri bo‘lib, olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash unda faoliyat olib borayotgan har bir xodimning bu borada qo‘shadigan hissasiga bog‘liqdir.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI