
Toshkent Transport texnikumi yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Toshkent Transport texnikumi yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining 2025-yil 21-apreldagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvini tashkil etish to‘g‘risida”gi 239-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent transport texnikumida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir Toshkent transport texnikumi bitiruvchilarini Jamiyat tarkibidagi korxona, tashkilot va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarni tasavvurini yanada boyitish, temir yo‘l transporti sohasida amalga oshirilayotgan loyihalardan xabardor qilish maqsadida tashkil etildi.
Unda Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash departamenti, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali, Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi, Vagon xo‘jaligi boshqarmasi, Axborot hisoblash markazi, “O‘zbekiston” lokomotiv deposi, “Temiryo‘linfratuzilma”, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir”, “Quyuv mexanika zavodi”, “O‘zvagonta’mir”, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi”, “Toshkent mexanika zavodi”, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”, “Temiryo‘ekspress”, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyatlari, “Temir yo‘l vokzallari”, “1-son Energomontaj poyezdi” va “1-son Qurilish montaj poyezdi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining rahbar o‘rinbosarlari, bosh muhandis hamda Kadrlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar temir yo‘l tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va yangi kadrlarga qo‘yilayotgan talablar haqida ma’lumot berdilar. Bitiruvchi o‘quvchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tadbir so‘ngida “O‘zbekiston” lokomotiv deposi va “O‘zvagonta’mir” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan iqtidorli o‘quvchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Ta’kidlash lozimki, 2024-2025-o‘quv yilida ushbu texnikumni 800 dan ziyod o‘g‘il va qizlar 13 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘qishni tamomlaydi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI