
Mehnat muhofazasi: Xavfsizlikni taʼminlash doimo va alohida eʼtiborda
28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Jamiyat tasarrufidagi korxonalarda “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli”, “izolyasiyalangan ko‘chma narvonning elektr sinovini o‘tkazish”, “Yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya qilish, xizmat muddati o‘tgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarni ko‘rikdan o‘tkazish tartibi va yuk iluvchi vositalar” mavzusida seminarlar o‘tkazildi.
Ana shunday tadbirlardan bir “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga qarashli O‘quv-trening markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatidagi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiallar, korxonalarning bosh muhandislari, mehnat muhofazasi muhandislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Jamiyat korxona, tashkilotlarida mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yana-da yaxshilash hamda mehnat muhofazasi, elektr va sanoat xavfsizligiga oid meʼyoriy talablarni bajarilishini tashkil etish tizimini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligini, boshqa xil zararlanishi oldini olish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga oid bo‘lgan zaruriy maʼlumotlarni berdilar. Soha rivoji uchun takliflar va raqamlashtirish bo‘yicha qilingan ishlarniko‘rgazmali shaklda yig‘ilganlarga havola qildilar.
Bundan tashqari Buxoro elektr taʼminoti masofasi ishchi-xodimlari tomonidan izolyasiyalangan ko‘chma minoraning elektr sinovi bajarilib, kontakt tarmog‘ida kuchlanish ostida ishlash uchun izolyasiyalangan ko‘chma minoraning elektr sinovi olib borildi.
Seminar trening doirasida havo to‘plagichlarni ichki ko‘rik hamda gidravlik sinovdan o‘tkazish tartibini bajarish, shuningdek, yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya qilish hamda statik, dinamik sinovdan o‘tkazish tartibini bajarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI