"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Hamdo‘stlikka aʼzo davlatlar temir yo‘l transporti kengashining 82-yig‘ilishida ishtirok etdi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Hamdo‘stlikka aʼzo davlatlar temir yo‘l transporti kengashining 82-yig‘ilishida ishtirok etdi

 

2025 yil 10-11 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Hamdo‘stlikka aʼzo davlatlar temir yo‘l transporti kengashining
82-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Boshqaruv raisi Z.Narzullayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Kengash aʼzolari - Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi, Gruziya, Eron Islom Respublikasi, Latviya Respublikasi va Estoniya Respublikasi temir yo‘l maʼmuriyatlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 2024 yildagi Hamdo‘stlikka aʼzo davlatlarning temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashi faoliyat yakunlari sarhisob qilindi, jumladan, tashish hajmining o‘sishi qayd etildi, yuk tashish 15 foizga oshib, 72,3 million tonnani, yo‘lovchi tashish esa 13,4 foizga o‘sib, xalqaro yo‘nalishlarda 9,3 million yo‘lovchini tashkil etgani taʼkidlab o‘tildi.

Raqamlashtirish, tarif siyosatini kelishish, logistika mexanizmlarini takomillashtirish va xalqaro transport yo‘laklari doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlari tomonidan yig‘ilish Bayonnomasi imzolandi.

Kengashning navbatdagi, 83-yig‘ilishi 2025 yil noyabr oyida Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI