Afg‘oniston orqali yuk tashuvlari hajmi ortmoqda

Afg‘oniston xalqaro yuk tashuvlarda Markaziy Osiyo davlatlarini Janubiy Osiyo bilan bog‘lab turuvchi ko‘prik hisoblanadi. “Hayraton – Mazori-Sharif” temir yo‘li ushbu yuk tashuvlarini amalga oshirishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda. 

Hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qoshida ta’sis etilgan “Sogdiana Trans” MCHJ “Hayraton – Mazori-Sharif” temir yo‘liekspluatatsiyasi va unga xizmat ko‘rsatish ishlarini Afg‘oniston Jamoat ishlari vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

2025-yilning bugungi kunida ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvlari o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada oshganini ko‘rish mumkin. “Sogdiana Trans” MCHJ 2025-yilning boshidan shu kungacha afg‘on tadbirkorlarining Hayratonga kirib kelgan 1,40 mln tonna import yukini vagonlardan tushirish uchun shoxobcha yo‘llarga olib borish, bo‘shagan vagonlarni Afg‘onistondan chiqarib, ularni o‘z egalariga qaytarish, shuningdek, afg‘on tadbirkorlarining 92,5 ming tonna eksport yuklarini vagonlarga ortish va Afg‘onistondan belgilangan manzillarga jo‘natishda o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

2025-yilning oxiriga qadar “Sogdiana Trans” MCHJ 4,0 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirgan.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI