“EcoExpo Central Asia – 2025” xalqaro ko‘rgazmasida temir yo‘l sohasi vakillari ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025 yil 30 yanvardagi PF–16-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 19-21 iyun kunlari atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi innovasion yechimlarni muhokama qilish hamda namoyish qilish uchun dunyoning yetakchi ekspertlari, ekologlari, tadbirkorlar va faollarini birlashtiruvchi eng yirik “Eco Expo Central Asia – 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazmaning konsepsiya loyihasi doirasida “Ekologik toza texnologiyalar” bo‘limida jamiyat tomonidan “TYVQTZ” AJ, “AMZ” AJ, “TMZ” AJ, “Temiryo‘lekspress”, “O‘zbekiston lokomitov depo” bosh muhandislari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 

Shuningdek ko‘rgazmaga jamiyat bosh muhandisi Sh.T.Kadirov tashrif buyurdi.

Ko‘rgazmaga ko‘yilgan mahsulotlar 2 dona yo‘lovchi vagoni va 1 dona elektropoyezd maketlari.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI