“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ markaziy apparatida ijro intizomiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.
Joriy yil 20 avgustda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ markaziy apparatida ijro intizomiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan oʻzgartirishlar, oraliq nazorat mexanizmi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-sonli Qarori hamda 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-sonli Farmoniga asosan kelib tushgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ishlab chiqiladigan nazorat rejalar va ularda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Islohotlar natijadorligi bevosita ularni amalga oshirishga qaratilgan topshiriq va chora-tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida hamda sifatli bajarishga bogʻliq ekanligi ta'kidlandi. Tizimli muammolar echimlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Oʻquv-amaliy seminar Ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz «texnologik zanjir»ni tashkil qilish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Ishtirokchilar ushbu yoʻnalishda ish samaradorligini oshirish uchun zarur koʻnikmalar bilan tanishib chiqdilar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI