Temir yo‘l sohasida yangi bosqich: Lokomotivlardan intellektual foydalanish markazi tashkil etildi

Bugun, 28-oktabr kuni, temir yo‘l transportida raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi — Lokomotivlarning intellektual ekspluatatsiyasi konsepsiyasi amaliyotga tatbiq etildi.

Intellektual ekspluatatsiya — bu sun’iy intellekt, raqamli monitoring va ma’lumotlar tahliliga asoslangan tizim bo‘lib, lokomotivning holatini real vaqt rejimida kuzatish, nosozliklarni oldindan aniqlash va eng tejamkor harakat rejimini tanlash imkonini beradi.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:
•Monitoring tizimlari;
• Ma’lumotlar analitikasi;
• Harakatni optimallashtirish;
• Raqamli integratsiya;
• Mashinistga yordam beruvchi tizimlar.

Kutilayotgan natijalar:
• Yonilg‘i va elektr energiyasi sarfini 10–15% gacha kamaytirish
• Texnik xizmat xarajatlarini qisqartirish
• Lokomotivlar xizmat muddatini uzaytirish
• Harakat xavfsizligini oshirish
• Mashinistlar uchun qulay ish sharoitlari yaratish

Bu tashabbus temir yo‘l tizimining raqamli transformatsiyasi yo‘lida muhim bosqich bo‘lib, mamlakatimizda “aqlli transport” infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI