“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ijro intizomi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi
2025-yil 12-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-sonli, 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-sonli Farmonlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi R. Abduqodirovning 2025-yil 27-oktabrdagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda jamiyat tarkibidagi barcha departament, boshqarma, markaz, MChJ, AJ va ofis rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul xodimlar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- “edo.ijro.uz” tizimidan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish;
- 2025-yil 21-iyuldagi 350-son buyrug‘i ijrosi natijalari yuzasidan tahlil;
- jamiyatdagi nazorat hujjatlari ijrosini takomillashtirish;
- “ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil yanvar–oktabr oylaridagi iqtisodiy o‘qish topshiriqlarining bajarilishi.
Yig‘ilish yakunida barcha rahbarlarga va ijro intizomiga mas’ul xodimlarga belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, hujjatlar ijrosini tizimli nazoratda ushlab borish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI