“Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasi mazmun-mohiyati yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 24-dekabr kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Kasaba uyushma qo'mitasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan e'lon qilingan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bo'limi boshlig'i, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori Akbarshoh Teshaboev, Boshqaruv raisining ma'naviyat va davlat tili bo'yicha maslahatchisi H.Xatamboeva, Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash departamenti boshlig'ining o'rinbosari A.Mavlonov, Boshqarma kasaba uyushma qo'mitasi raisi Sh.Umarova va aksiyadorlik jamiyatida faoliyat ko'rsatayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI