“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va voestalpine Railway Systems o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil yanvar oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda voestalpine Railway Systems kompaniyasi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv Avstriya elchixonasi savdo bo‘limi ko‘magida tashkil etildi va muzokaralar ingliz hamda rus tillarida olib borildi.
Uchrashuv davomida temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan raqamli yechimlar, jumladan aqlli strelkali o‘tkazgichlar, monitoring tizimlari, “Zentrak” raqamli ekotizimi va UniAC tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Tomonlar ushbu texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish, mahalliy hamkor bilan ishlash hamda texnik va narx parametrlarini taqdim etish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, voestalpine Railway Systems vakillari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislarini Avstriya va Italiyadagi obyektlar bilan tanishtirish maqsadida xizmat safariga taklif etdilar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI