O‘quv va amaliy mashg‘uloti: Loyiha qurilishlarini amalga oshirishda sifatli ish bajarish asosiy mezon bo‘lmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati topshig‘iga ko‘ra Toshkent viloyatining Piskent tumanida temir yo‘l qurilish korxonalarining yuz nafarga yaqin ish yurituvchi (prorab) va ish ustalarining (master) bilim salohiyatini oshirish maqsadida o‘quv va amaliy  mashg‘ulot tashkil etildi.

Unda temir yo‘l qurilish korxonalari mutaxassislari qurilishni tashkillashtirish, loyiha-smeta hujjatlarini ko‘zdan kechirish va amaliyotga tatbiq etish, 20 dan ortiq qurilish va maxsus texnikalardan samarali foydalangan holda foydali ish samaradorligini oshirish, joyida laboratoriya faoliyatini o‘tkazish, shuningdek, buyurtmachi, bosh loyihachi va bosh pudratchi ishchi-xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashildi.

O‘quv va amaliy mashg‘ulotini Kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i Anvar Do‘smuxamedov nazorat qilib bordi va mutaxassislarga har bir qilinadigan loyihani professional darajada, sifatli va mustahkam bajarish zarurligini alohida aytib o‘tdi. Buning uchun mutaxassislarimiz yuqori bilim salohiyatiga ega bo‘lishi, bu kabi o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarda esa tajriba va ko‘nikmalarini yana-da oshirib borishlari lozimligini taʼkidladi. Qurilish ishlarini belgilangan muddatda bajarish uchun zarurat bo‘lsa, obyektlarda yana-da ko‘proq texnikalardan va ishchi kuchidan foydalanish kerakligi, lekin loyiha yuqori darajadagi professionallik va sifatli bajarilishi shartligini rahbariyatimizning asosiy talabi eganligi qayd etdi.

Shundan so‘ng Kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Abdiyev o‘quv mashg‘ulotida sohaning tajribali mutaxassislari tomonidan temir yo‘l quriladigan hududlarda tuproq ishlarini bajarish, yerni tekislash, texnikalardan foydalanish tartibi hamda yer ustini presslash kabi ishlarda tajriba ko‘nikmasi yuqori bo‘lishi, texnikalardan unumli foydalanish, mehnat muhofazasiga qatʼiy amal qilgan holda harakat qilish hamda kasb professionalligi muhim bosqich ekanligini tushuntirib berishdi.

Mutaxassislar tomonidan o‘quv va amaliy mashg‘ulotining yetuk mutaxassislari temir yo‘lning asosi hisoblangan tuproq ko‘tarma ishi jarayonini tashkillashtirish ishlarini ko‘rsatib berishdi. Tuproq ko‘tarma ishi tegishli hujjatlarga asosan ketma-ketlikda bajarilib, uning sifat darajasi laboratoriya xodimlari tomonidan sinov ishlari amalga oshirildi. Bunda tuproq ko‘tarma maydoni kichik kvadrat qismlarga (10x10m) ajratilib, har bir maydoncha avtotransport vositasi bilan tuproq to‘shamasi keltirildi va 35 santimetr balandlikda buldozer yordamida yoyilib, 25 tonnali maxsus yo‘l qurish mashinasi (vibrokatok) bilan kerakli zichlikka yetguniga qadar shibbalandi. Tuproq ko‘tarma tayyor bo‘lganidan so‘ng sinov laboratoriyasi amalga oshirildi.

Ushbu o‘quv va amaliy mashg‘ulotida ishtirok etgan temir yo‘l mutaxassislari kerakli o‘zaro tajriba orttirib, kasbga oid yangi va zamonaviy usullarni o‘zlashtirishga erishdilar.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI