O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun "Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali Quduqli stansiyasida O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘.Narzullayev  hamda “Rohi Ohani Tojikiston” DUK rahbari Komil Jumaxon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi yuk tashishlar hajmini oshirish, chegara stansiyalarida vagonlarni topshirish va qabul qilish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, yuk tashish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ikki davlat temir yo‘l o‘tkazish punktlari orqali har kuni 6 juftdan ortiq yuk poyezdlarini qabul qilish va topshirishni ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro kelishuvlar tasdiqlandi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI