Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ hamda MİA Teknoloji A.Ş. o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18-fevral kuni Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ hamda MİA Teknoloji A.Ş. o‘rtasida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Unda MIA kompaniyalar guruhi faoliyati, kompaniya tarixi, asosiy yo‘nalishlari hamda xalqaro bozordagi o‘rni haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, amalga oshirilgan yirik loyihalar, texnologik imkoniyatlar, rahbariyat va mutaxassislar jamoasi bilan tanishtirildi.
Muzokaralar davomida MIA ning Turkiya davlat temir yoʻllari (TCDD) bilan hamkorlik tajribasi alohida ko‘rib chiqildi. Turkiya temir yo‘llarida joriy etilgan raqamli boshqaruv, xavfsizlik va monitoring tizimlari, ularning samaradorligi hamda amaliyot jarayonida uchragan muammolar va ularning texnologik yechimlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Zamonaviy IT-yechimlarni bosqichma-bosqich joriy etish, yo‘lovchi va yuk tashish jarayonlarini optimallashtirish hamda avtomatlashtirish strategiyasi, shuningdek, raqamlashtirish natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik va xavfsizlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI