Ommaviy axborot vositalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘ltransporti sohasini tubdan isloh qilishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-sonli qaroriijrosini ta’minlash uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan sohada yo‘lovchi tashish yo‘nalishini yanada rivojlantirish, aholiga har tomonlama qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tizimga zamonaviy texnologiyalarni joriy eiishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

2026 yil 27 fevral kuni ommaviy axborot vositalari xodimari uchun o‘tkazilgan media turda jurnalistlarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatining “Yo‘lovchi vagonlarini texnik va texnolog tayyorlash, ta’mirlash” filialida “Sharq” yo‘lovchi poyezdi tarkibiga yangi va zamonaviy turdagi yo‘lovchi vagonlari xarid qilingani hamda ushbu vagonlarda yo‘lovchilar uchun qator qulayliklar mavjudligi ko‘rsatildi. 2026-2030 yillar mobaynida “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan 200 ta yangi zamonaviy yo‘lovchi vagonlarini sotib olish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, har yili 40 ta vagon yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shundan bu yilning hozirgi holatiga ko‘ra 5 ta vagon yetkazib berildi. 

“Sharq” yo‘lovchi poyezdi uchun sotib olingan yangi vagonlarda o‘rindiqlar yo‘lovchi xohishiga qarab har ikki yo‘nalish bo‘yicha buriladi hamda vagon isitish va sovutish tizimi uzluksiz shlaydi. Toshkent – Urganch hamda Toshkent – Qo‘ng‘irot yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yangi poyezdlar imkoniyatlari ham media tur ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Yo‘lovchi poyezdlar parkini yangilash maqsadida 51dona yangi zamonaviy turdagi yo‘lovchi vagonlar xarid qilingani aytib o‘tildi. Jamiyat tarkibida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarda servis xizmatlarini yaxshilash uchun 70 tadan ziyod vagon sovutish tizimi bilan qayta jihozlandi va to‘liq ta’mirlandi. Ommaviy axborot vositalari vakillari yo‘lovchi vagonlarni reysga tayyorlashni ham ko‘zdan kechirishdi. Poyezdlarni yuvish jarayoni, korxona hududida tayyorlanadigan choyshab, yostiq va matraslarni tayyorlash syexlaridagi faoliyatni ham o‘rganishdi.  

Shundan so‘ng “Toshkent-shimoliy” vokzalida so‘nggi yillarda bajarilgan qulay sharoitlar bilan tanishishdi. Jurnalistlarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan “Yo‘lovchi tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan milliy (Sarbon) tizimi” haqida ma’lumot berildi. Ushbu yangi – “Sarbon” tizimini 5 bosqichda ishlab chiqishrejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 4-bosqich texnikishlari yakuniga yetkazildi. “Sarbon” tizimi foydalanishga tadbiq qilingandan keyn mazkur tizim orqali barcha yo‘lovchilarga QR kodli chiptalarni sotish imkoniyatlari ham joriy qilindi. QR kodli li chiptalarni nazorat qilish uchun bosqichma-bosqich barcha temir yo‘l vokzallariga maxsus turniketlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bugungi kunda “Toshkent-shimoliy”vokzaliga test tariqasida o‘rnatilgan va faol holatda ishlamoqda. 

Vokzaldagi yana bir yangilik – O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash vauni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPF-6079-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidanbarcha amaliyotlar bosqichma-bosqich raqamlashtirishtizimiga o‘tkazilmoqda. 

Xususan, yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzdachiptalarni xarid qilishni yuqori ko‘rsatgichlarga olibchiqish va yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishmaqsadida barcha vokzal hududlariga bosqichma-bosqichinfokiosklar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkurinfokiosklarni joriy etishdan asosiy maqsad – yangichatizimda, zamon talablaridan kelib chiqib, yo‘lovchilargaraqamlashtirish tizimi orqali xizmat ko‘rsatishhisoblanadi. Infokioskalar soni ko‘paytirilishi orqalinavbatlar qisqaradi va vaqt tejaladi.
Ayniqsa, yo‘lovchilar gavjum soatlarida – bayramlar, ta’tillaryoki ish vaqtidan keyin  bunday tizim juda samaralihisoblanadi. Bu esa xizmat ko‘rsatish sifatini yanadaoshiradi.

Infokioskalar real vaqtda ma’lumot taqdim etadi. Yo‘lovchi poyezd jadvalidagi o‘zgarishlar, mavjud joylar, narxlar va aksiyalar haqida darxol xabar topishi mumkin.

Bu orqali yo‘lovchilarda ishonch va qoniqish darajasioshadi. Infokioskalar kunu tun ya’ni 24/7 soat ishlaydi. Bu foydalanuvchilarga xatto kechqurun yoki ertalab hamchipta xarid qilish imkonini beradi, bu esa an’anaviychiptaxonalarning ish vaqti cheklovlariga ta’sirko‘rsatmaydi.

Bugungi kunda “O‘ztemiryo‘lylovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiptaxonalarga o‘rnatish uchun jami53 ta infokiosklar xarid qilingan bo‘lib, Respublikabo‘yicha talablardan kelib chiqqan holda taqsimlangan.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2015 yilning noyabr oyidan boshlab“eticket.uzrailway.uz” veb-sayti orqali elektron tarzdachiptalarni sotish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkurtizim ishga tushirilgandan buyon, xususan, yo‘lovchipoyezdlarga onlayn tarzda chiptalarni sotishko‘rsatgichlari 2025 yil dekabr oyiga qadar (oylik) 86foyizni tashkil qildi.

2025-2026 yil davomida “Toshkent-shimoliy” va boshqa vokzallarda yo‘lovchilar uchun quyidagi qulayliklar mavjud:
• Mavjud barcha vokzallarda yo‘lovchilarni kuzatib keluvchi hamrohlariga temir yo‘l vokzalining perron hududigacha bemalol hech qanday hujjatlarsiz kirish imkoniyati;
• Vokzal hududida qator avtoturargoxlar hamda  avtomashinalar vokzalning kirish eshigi hududigacha xarakatlana olishi joriy etildi;
• “Wi-fi” internet xizmatlari;
• “Toshkent-markaziy” vokzalida barcha turdagi sayohatchilarga mos bo‘lgan turli hududlar:   

•Kutish zallari: yo‘lovchilar uchun qulay zal, VIP-zal, restoran va lounge qayta ta’mirlandi. 
•Oilaviy hududlar: bolalar o‘yin maydonchasi, kafe va kichik bolali ota-onalar uchun xonalar yangicha dizaynda tashkil etildi.

Texnologik xizmat ko‘rsatish: 

•poyezdlar haqida tezkor ma’lumot beruvchi elektron tablolari va zamonaviy terminallar soni ko‘paytirildi.

•Vokzalda chipta xarid qilishni afzal ko‘ruvchilar uchun esa kassirlarsiz chiptalarni mustaqil rasmiylashtirish imkonini beruvchi raqamli infokiosklar o‘rnatildi. Bu vaqtni tejaydi va navbatda turish zaruratini bartaraf etadi.

•Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida eskalator qurilmasi o‘rnatildi hamda hozirgi kunda Samarqand vokzalida ham o‘rnatish ishlari olib borilmoqda;

•2025 yilning fevral oyidan boshlab yo‘lovchilar o‘rtasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholash hamda taklif yoki e’tirozlarini bildirshlari uchun har bir yo‘lovchi vagonlariga hamda temir yo‘l vokzallariga maxsus QR kod stiker tizimi joriy qilingan bo‘lib, bunda istalgan yo‘lovchi ushbu QR kod stikerning telefon kamerasi orqali skaynerlab, jamiyatga qarashli bo‘lgan telegram botga murojaat yo‘llash imkoniyati yaratildi.

 Ushbu telegram bot orqali yo‘lovchi tomonidan yuborilgan murojaat shu zaxoti jamiyatning telegram sahifasiga kelib tushadi va ushbu murojaat jamiyat rahbariyati tomonidan tezkor tarzda ko‘rib chiqilib, murojaatchiga darxol mas’ul mutaxassislar aloqaga chiqib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda.  

Jurnalistlar media tur davomida vokzal va poyezdlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha yo‘lovchilar fikrlari bilan ham tanishishdi, intervyular olishdi.
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI