100 nafar fidoyi soha xodimlariga sovgʻalar topshirildi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida Boshqarma kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan soha Markaziy apparat hamda korxonalarda sharaf bilan mehnat qilayotgan fidoyi temiryo‘lchi opa-singillarimizning 100 nafari munosib taqdirlandi. 

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari M.Rozimetov hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Boshqarma Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Umarova va boshqalar so‘zga chiqib, temiryo‘lchi opa-singillarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklashdi. Ularga sog‘liq, ishlarida muvaffaqiyat, doim go‘zal va e’tiborli bo‘lib yurishlarini tilashdi.   

Shundan so‘ng fidoyi kasb egalariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari va guldastalar tantanali tarzda topshirildi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI