Temir yo‘l sanoatida mahalliylashtirish va yangi innovatsiyalar taqdimoti
Bugun, 6-mart kuni soat 10:00 da, "Andijon mexanika zavodi"ning Paxtaobod filialida "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ uchun ishlab chiqarilgan yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Muhim yangilik:
Mahalliylashtirish dasturi doirasida ilk bor Mahalliylashtirish dasturi doirasida ilk bor 15-9724-05 rusumli Sianid-natriy tashish uchun ixtisoslashgan vagon-sisterna ishlab chiqarildi. Ushbu loyihaning birinchi namunaviy vagoni bugun foydalanishga topshirilmoqda.
Sanoat kooperatsiyasi samarasi:
• Mineral o‘g‘itlar tashishga ixtisoslashgan 19-6710 rusumli hopper vagonlari yetkazib berildi.
• Mavjud vagonlar xizmat muddatini uzaytirish va ularni ta'mirlash bo‘yicha "Navoiy KMK" bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
• "Olmaliq KMK" bilan hamkorlikda yangi 6 o‘qli dumpkar vagonlarini mahalliylashtirish ishlari yakunlandi.
Ushbu loyihalar mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish hamda import o‘rnini bosuvchi yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI